12 aprel kuni maktab bitiruvchilari uchun “Maktab bitiruvchilari uchun IT universitetlar va imkoniyatlar” onlayn seminari boʻlib oʻtdi.
Seminar O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etildi. Ushbu seminarda Muhammad al-Xozrazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti, «IT Park University» universiteti va Yangi O’zbekiston universitetlari ishtirok etdi.
Seminarda universitet vakillari o’quvchilarga oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
