Toshkent shahridagi Inha universiteti fizika professori Farrux Atamurotov 2024-yil uchun barcha sohalar ichida dunyoning 2 foiz eng yaxshi olimlaridan biri deb topildi🤩
Eʼtirof John P.A.Ioannidisning “Standartlashtirilgan fan iqtibos koʻrsatkichlari uchun yangilangan mualliflik maʼlumotlar bazalari”ga asoslangan boʻlib, u butun dunyo boʻylab olimlarni keng qamrovli koʻrsatkichlar toʻplamidan foydalangan holda baholaydi. U iqtiboslar sonidan, Xirsh indeksidan (h-index) iborat bo’lib, muallifning ilmiy faoliyatining muvaffaqiyati va uning samaradorligini baholashga imkon beradi. Shuningdek, iqtiboslar va maqolalar sonining nisbati bilan belgilanadi.
//elsevier.digitalcommonsdata.com/datasets/btchxktzyw/7
