Toshkent shahridagi Inha universiteti professori O’zbekistonning eng yaxshi olimlari o’ntaligiga kirdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Farrux Atamurotov «Web of Science» asosida nufuzli xalqaro jurnallarda so’nggi 12 oy davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha nashr etilgan maqolalar soni bilan O‘zbekiston olimlari reytingiga kirdi.

Reytingni ushbu havola orqali tekshirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, professor Farrux Otamurotov O‘zbekistonning eng yaxshi olimlari o‘ntaligiga kirdi va 250 nafar olim orasida 8-o‘rinni egalladi.