Ma’ruza uning Vayoming universitetiga semestrlik tashrifi chog‘ida Faculty Enrichment dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Professor Abdullayev o‘qituvchilik faoliyati bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar ustida ham ishlaydi. Asosiy tashabbuslar orasida:
– masofadan zondlashning ochiq ma’lumotlari va geofazoviy asoslangan modellar asosida o‘rmon yong‘inlarini simulyatsiya qilishning yangi modelini ishlab chiqish;
– WyGISC Symposium, urban farming va greenhouse management bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etish;
– Colorado Startup Week va San Francisco Tech Week tadbirlarida ishtirok etish, shuningdek, Silikon vodiysidagi bitiruvchilar va yosh tadbirkorlar bilan tajriba almashish;
– AQShda Remote Pilot litsenziyasini olish va dronlarni boshqarish va masofadan zondlash ma’lumotlarini tahlil qilish kursini o‘tish.
Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun o‘qituvchilarimiz dunyoning akademik, tadqiqot va texnologik hamjamiyatlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishi alohida faxrdir.
