Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi King Sejong koreys tili markazi talabasi koreys tili olimpiadasida sovrinli o‘rinni egalladi.

Olimpiada tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi bo‘ldi. Olimpiadada jami 250 nafar talaba ishtirok etdi.
Iroda Rahimovani tabriklaymiz va kelgusida yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!