Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori bilan «Ochiq muloqot»

16-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori — Bobur Abdullayev bilan «Ochiq muloqot» bo‘lib o‘tdi, unda talabalar turli mavzularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ochiq muloqot doirasida yangi yotoqxona, ma’ruzalar, mavsumiy tipdagi sport zonalari, o‘qituvchilar va ta’lim dasturi haqidagi fikr-mulohazalar, xalqaro tanlovlar va boshqalar haqida savollar berildi.