Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori bilan “Ochiq muloqot” bo’lib o’tdi

Joriy yilning 7-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov bilan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi hamda unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan turli mavzulardagi savollar bilan bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ochiq muloqot doirasida yil davomida talabalarning sevimli sport turlari bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi mavsumiy sport zonalari, o‘qituvchilar haqida talabalarning fikrlari va taʼlim dasturi, IT-uskunalar va raqamlashtirishni takomillashtirish masalalari va boshqa savollar ko‘tarildi.
Shuni aytish joizki, yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida talabalar bilan bunday uchrashuvlar muntazam tashkil etilib kelinmoqda.