Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori “ICT Convergence Expo Korea 2022”da ishtirok etdi

2022-yilning 9-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi TShIU delegatsiya Janubiy Koreya respublikasida bo’lib o’tayotgan 3 kunlik “ICT Convergence Expo Korea 2022” ko’rgazmasida ishtirok etdi. M.Djalalov mazkur ko‘rgazmaga tashrifi doirasida turli kompaniyalar bilan qator muzokaralar olib bordi.
Ushbu ko’rgazmada Koreyadagi ko’plab yetakchi korxonalar o’zlarining eng so’ngi innovatsion loyihalar hususan, AKT sohasidagi ta’lim markazlari, sun’iy intelekt, VR, AR, Dron qurilmalarini ishlab chiqarish va dasturlash loyihalari bilan ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, yuqori sinf o’quvchilari o’zlari ishlab chiqqan loyihalari taqdimotlari bilan qatnashmoqdalar.