Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori klub va assotsiatsiya rahbarlari bilan uchrashdi

12-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev faol talaba-liderlar, ilmiy va texnik klublar, ijodiy, ijtimoiy va sport birlashmalaridan iborat turli talabalarning tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bobur Abdullayev ularning har birini tinglab, faoliyati, yutuq va qiyinchiliklari bilan tanishib chiqdi.

Talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish zarurati, talabalar ishtirokidagi tadbirlarni ko‘paytirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik va ta’lim grant dasturlarini rivojlantirish kabi muhim masalalar haqida muhokama qilindi. Shuningdek, bitiruvchilarning akademik mobilligi, mentorlik va karyera qurish masalalari muhokama qilindi.

Rektor universitet muhitini rivojlantirishga o’z hissasini qo‘shgan faol talabalarga minnatdorchilik bildirdi va ma’muriyat talabalar hayotini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.

Bunday uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, talabalarga nafaqat o‘z g‘oyalarini yetkazish, balki universitet hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish imkonini beradi. Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘zining talabalar ekotizimini rivojlantirishda davom etmoqda, bu esa ta’limni yanada qulay va samarali qilmoqda.