Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Klassik universitet: innovatsiyalar davriga tayyormi?” mavzusidagi ochiq muhokamada ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamizki, 12-apreldan 15-aprelgacha Xalqaro IV NOBEL FEST bo‘lib o‘tadi.
Onlayn-oflayn formatida 10 dan ortiq Nobel mukofoti laureatlari, Skolkovo va Garvard kabi xorijiy universitetlar professorlari, yirik korporatsiyalar prezidentlari ishtirokchilar bilan suhbatlashishdi.
Munozaralar va seminarlar mavzusi metakoinot, raqamli dunyo va raqamli hayotga bag’ishlandi.