Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori “Raqamli transformatsiya va innovatsiyalar” IX xalqaro amaliy forumida ishtirok etdi

13 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov “Raqamli transformatsiya va innovatsiyalar” IX xalqaro amaliy forumida ishtirok etdi.
Ushbu forum Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalardagi raqamli infratuzilmani shakllantirish tendentsiyalarini tahlil qilish imkoniyati haqida qator ma’ruzalarni tinglash imkoniyatini taqdim etdi.
Muzaffar Jalolov “IT sohasida ta’lim va malakali IT-kadrlar zaxirasini shakllantirish” mavzusidagi davra suhbatida ma’ruza qildi, so‘ng tinglovchilarning IT-ta’limga oid savollariga javob berdi.