Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Singapur xalqaro maktabiga tashrif buyurdi

Bugun Toshkent shahridagi Inha universiteti, MDIST, INCODA akademiyasi va Singapur xalqaro maktabi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov boshchiligidagi jamoa Singapur xalqaro maktabiga tashrif buyurdi.
Hamkorlikdagi asosiy qadamlardan biri maktabning International Coding Academy (INCODA) bilan hamkorligi bo’lib, buning natijasida innovatsion o’yinlashtirilgan o’quv platformasi joriy etildi. Ushbu platforma o’quvchilarga qiziqarli va samarali tarzda dasturlash va raqamli ko’nikmalarni rivojlantirish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Bundan tashqari, Singapur xalqaro maktabini Toshkent shahridagi Inha universiteti matematika va informatika fanlari bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlangani talabalarning bilim bazasini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
Tashrif davomida rektor yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusida ma’ruza o‘qidi va unda sun’iy intellektning o‘quv jarayonidagi o‘rni va ta’lim dasturlari sifatini nazorat qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.