Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalar assotsiatsiyasi – talabalar hayoti sifatini yaxshilash va yuzaga kelgan muammolarni birgalikda hal etish maqsadida tashkil etilgan assotsiatsiya hisoblanadi.
Bunday birlashma talabalarga universitet hayotini yaxshilashda faol ishtirok etish, ularning rivojlanishi va o’zini o’zi anglashi imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Ushbu assotsiatsiya «Student Union» talabalar uyushmasining takomillashtirilganidir va u o’z faoliyatini 2022-2023 o‘quv yilidan boshlaydi.
