Toshkent shahridagi INHA universiteti | Talabalar yutuqlari

Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi kurs talabasi Baxtiyorov Diyorjon ilmiy rahbari Ozod Ezozov bilan birgalikda HaWo2 «As a solution to the current global problem of AIR POLLUTION» deb nomlangan innovatsion eko-texnologiya tashabbusini boshladi. Loyiha 17 tagacha daraxt ishlab chiqaradigan kislorod miqdoriga teng miqdorda kislorod ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun istiqbolli yechimni taklif etadi.
HaWo2 jamoasi allaqachon bir nechta startap tanlovlarida munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
UnicornTech.uz (//t.me/yunikornuz) kanali tomonidan ushbu loyihaga bag‘ishlangan maxsus podkast soni yozib olindi. Diyorjonning kelgusi faoliyatiga, ilmiy izlanishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.
Inha universiteti o‘z g‘oyalarini ta’sirchan innovatsiyalarga aylantirgan talabalarni faxr bilan qo‘llab-quvvatlaydi. 🌱✨