Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari CYBERKENT 3.0 g‘olibi bo‘lishdi

«Kiberxavfsizlik bo‘yicha Markaziy Osiyo-Yevroosiyo sammiti – 2025» doirasida «Cyberkent 3.0» tanlovi bo‘lib o‘tdi, unda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z jamoalari bilan birgalikda yuqori natijalarga erishdilar.
🔴 Red Team yo‘nalishida:
➤ ChiLL Chain jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylanib, 50.000.000 so’m so’vrindori bo’ldilar
Jamoa tarkibida Inha universiteti talabalari:
Abduqahhorov Oybek
Bitanov Arslan
AgroSec jamoasi 4-o‘rinni egalladi.
Jamoa tarkibida Inha universiteti talabalari:
Farrux Ixomov
Amir Ilchiqoyev
Sharofiddin Fayzullayev
✓ Blue Team yo‘nalishida:
➤ ShadowGuard jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 30.000.000 so’m egasi bo’ldi
Jamoa tarkibida Inha universiteti talabasi:
Alpomish Asadov
Ushbu natijalar Inha universiteti talabalari kiberxavfsizlik sohasida chuqur bilim, mustahkam amaliy tajriba va kuchli jamoaviy ko‘nikmalarga ega ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.
Inha universiteti o‘z talabalarini Cyberkent 3.0 musobaqasidagi muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaydi!