Talabalarimiz Mirvohid Azimov va Abror Musulmonov Germaniyaga tashrifi chog‘ida Myunxendagi Google ofisini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ekskursiya davomida ular universitetimiz bitiruvchisi Rustam Zokirov (//www.linkedin.com/in/rustam-z/) va hamyurtimiz Vohid Karimov (//www.linkedin.com/in/vohid-karimov/) bilan uchrashib, qimmatli tajriba orttirdilar. Ularning ikkisi ham Google kompaniyasida faoliyat yuritmoqda.

Ushbu tashrif talabalar uchun nafaqat dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Google’ning ichki faoliyati bilan tanishish, balki Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Rustam Zokirovning muvaffaqiyatli hikoyasidan ilhom olib, kelgusi faoliyatlari uchun yangi g‘oyalar uyg‘otdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘z talabalarining yutuqlari bilan faxrlanadi va ularning xalqaro miqyosda ta’lim olish va malakalarini oshirish istaklarini doimo qo‘llab-quvvatlaydi.
