Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro tanlovda 3-o‘rinni egalladilar

“BATTLE IN PYTHON AND CYBERSECURITY” xalqaro tanlovi Brasov Transilvaniya universiteti, Kavkaz universiteti va Kiberxavfsizlik ilmiy uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Musobaqada turli mamlakatlardan 35 ta jamoa, jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari O‘zbekistondan onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Taqdim etilgan loyihalar Brasov Transilvaniya universiteti, Kavkaz universiteti va Kiberxavfsizlik ilmiy assotsiatsiyasi vakillaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
O‘quvchilarimiz Malik Arapboyev, Baxtiyorjon Baxodirov, Abdujalol Erkinovlar “Brute Force Attack” loyihasi bilan faxrli 3-o‘rinni egalladilar.
G’alabangiz bilan tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!🍀👏🏼