Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari mGovAward tanlovida g‘olib bo‘ldi

29-dekabr kuni eng yaxshi mobil ilovani ishlab chiqish uchun mGov Award tanlovining uchinchi to‘lqinining finali bo‘lib o‘tdi.
Tanlovining maqsadi — yoshlarning davlat bilan jamoaviy ishlash va mobil davlat xizmatlarini yaxshilash uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqishdagi ishtirokini ragʻbatlantirish.  Yaratilgan eng yaxshi yechimlar davlat organlarida tatbiq etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 20 ta eng yaxshi jamoalar orasidan 3 ta g‘olib jamoa saralab olindi va sovrin qiymati $100 000 ni tashkil etadi. G‘olib bo‘lgan uchta jamoaning har birida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari faol ishtirok etdi.
1-o’rin $50 000 – Logo smart loyihasi
Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat jamoa.
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari:
Egambergan Otamuratov
Islomxo’ja Nig’matov
2-o’rin  $30 000 – Drive safe
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari:
Behzod Shuxratov
Bexruz Abdullaxo‘jayev
3-o’rin $20 000 – School of Autism
Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, SAMPI instituti va Toshkent moliya instituti talabalaridan iborat jamoa.
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari:
Shaxzod Botirov
Rashod Akromov
G’oliblarni tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!