Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ML Club hamjamiyati uchrashuvini tashkil qilishdi

30 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan ML Club hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TshIU talabalari IT mutaxassislari tomonidan yirik kompaniyalar misolida Statistika, Machine Learning va ML ning amaliy qo‘llanilishi mavzularida taqdimotlar uyushtirdilar.
🗣Spikerlar:
– Bahodir Ahmedov – Akfa universiteti professori va dekani;
– Muhammadsaid Mamasaidov – Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi, “Tahrirchi” ilovasi yaratuvchisi, VoiceAI Hackathon gʻolibi;
– Elbek Rixsiev – loyihalarni boshqarish, veb-tijorat va marketing bo’yicha ekspert;
– Behzoda Dadazhanov – marketing bo’yicha tahlilchi va kon’yuktura va marketing tadqiqotlari bo’yicha ekspert;
– Fuat Fayrushin – dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi va IS arxitektori.
Tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida tarmoq sessiyasi tashkil etildi.