Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “Open Data Challenge 2024” xakatonida g‘olib bo‘ldilar.

 

26-28-yanvar kunlari Toshkentda 70dan ortiq jamoalarni o’zida jamlay olgan “Open Data Challenge 2024” keng ko‘lamli xakatoni 4 ta yo’nalish bo’yicha bo’lib o’tdi.

Ushbu xakatonda talabalarimizdan tashkil topgan jamoalar:
«Plexus» jamoasi Korrupsiyaga qarshi kurash yo’nalishida «Tracer» loyihasi bilan birinchi o’rin,
«Imba» jamoasi Davlat sektori yo’nalishida «TasMedia» loyihasi bilan birinchi o’rin,
«GuideMeTech» jamoasi Biznes sektori yo’nalishida «Consultant AI» loyihasi bilan ikkinchi o’rin,
«SunnyDevs»jamoasi Biznes sektori yo’nalishida «RiskLess» loyihasi bilan uchinchi o’rin
«DotsTeam» jamoasi Ijtimoiy sektor yo’nalishida «Scispace» loyihasi bilan uchinchi o’rinlarni qo’ga kiritishdi.