2026-yil 2-aprel kuni IT Park hududida milliy qadriyatlar bilan boyitilgan keng ko‘lamli Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tdi. Karnay-surnay, raqs, jonli musiqa sadolari ostida boshlangan mazkur Navro`z saylida qiziqarli viktorina va yutuqli oyinlar ham o‘tkazildi.
Xususan, universitetimiz talabalari Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan ochiq muloqotda o`z innovatsion g’oyalari bilan faol ishtirok etishdi.
Tadbir milliy an’analar va zamonaviy ko‘ngilochar muhitni uyg‘unlashtirgan holda, ishtirokchilarga yorqin taassurotlar ulashdi.
