14-17 dekabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari jamoasi ishtirok etmoqda.
Ta’kidlash joizki, intellektual olimpiada ta’lim yo‘nalishi, sohasi va qaysi mutaxassisligidan qat’i nazar, respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Intellektual olimpiadani tashkil etishda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, O‘zbekiston shashka federatsiyasi va boshqalar ishtirokida tashkil etildi.
Respublika bosqichida oliy o‘quv yurtlarining 50 ta jamoasi ishtirok etmoqda.
Talabalarimizga omad tilab qolamiz!
