Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari “Seeds For The Future” nufuzli loyihasining ishtirokchisiga aylandi!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Munisa Ahrorova, Azizbek Fatoyev va Mirovohid Azimov tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, Huawei kompaniyasining «Seeds for the Future 2025» nufuzli xalqaro loyihasining ishtirokchisiga aylanganini katta mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Talabalar 2025-yil 19-25-oktyabr kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida ilg‘or AKT texnologiyalari bo‘yicha ta’lim olishda ishtirok etadi.
Talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz va bo‘lajak safarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!