Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi. Forumga mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev start berdi.

Ushbu tashabbus sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida ko‘nikmalarni keng miqyosda rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, universitetimiz yoshlari ushbu ulkan dastur bir qismiga aylandilar.