Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Tumaris.Hack Central Asian Hackathon musobaqasida g‘olib bo’ldilar

Toshkent shahridagi Inha universitetining 3-kurs talabalari ICE fakultetidan Ekaterina Mo‘minova, CSE fakultetidan Nodira Tillayeva va ALWIUT Litseyi bitiruvchisi Diyora Daminova DeepTech yo‘nalishi bo‘yicha DNK jamoasi tarkibida Markaziy Osiyo Tumaris.Hack hackathon musobaqasida birinchi o‘rinni egallashdi.
Ushbu jamoa 5 mamlakat: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan kelgan 31 jamoa orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Tumaris.Hack – qizlar uchun onlayn tanlov bo’lib, unda 2 kun ichida mutaxassislar ko’magida ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi mahsulotlar prototiplari yaratiladi.
💰Hakatonning umumiy mukofot jamg’armasi 6 000 dollarni tashkil etdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti DNK jamoasini tabriklaydi.