24-oktabr kuni UZCARD kompaniyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan “UZCARD AVLOD” tashabbusi doirasida tanlov yakunlandi, natijada bakalavriat talabalari bir yillik o‘qish uchun ta’lim shartnomalarini to‘lash uchun grantlarga ega bo‘ldilar.
Dastur g’oliblari:
• Fattoyev Azizbek
• Saidaxmedova Amina
UZCARD AVLOD dasturi nafaqat yuqori o‘quv yutuqlarini ko‘rsatayotgan, balki ijtimoiy hayotda va turli ko‘ngillilik tashabbuslarida faol ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning o‘qishga e’tiborini qaratish va moliyaviy to‘siqlarsiz shaxsiy o‘sishiga yordam berish orqali ularning intellektual rivojlanishini rag‘batlantirishdan iborat.
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va UZCARD kompaniyasiga mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalariga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildiramiz.