Karmon AI startap jamoasi — universitet bitiruvchilari Xabibulloh Xallokov, Jonibek Yarashov, Murodjon Mirfayzullayev va Bahodirxon Hamidov — Entrepreneurship & FinTech yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, loyiha rivoji uchun 100 000 dollar grantga ega bo‘ldi.
Karmon AI — sun’iy intellekt asosidagi fintex platforma bo‘lib, shaxsiy moliyani boshqarishda yordam beruvchi AI-assistentga ega hamda moliyaviy savodxonlik va intizomni oshirishga qaratilgan.
AI nominatsiyasida Lexora loyihasi jamoasi — Fattoev Azizbek, Abdujalalov Xusrav va Rashidov Mirzoyoqub — 3-o‘rinni egallab, 30 000 dollar grant oldi. Loyiha yuristlar uchun huquqiy ma’lumotlar va hujjatlar bilan ishlashni soddalashtiruvchi sun’iy intellekt yordamchisini yaratishga yo‘naltirilgan.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, g‘oliblarga mukofotlarni shaxsan topshirdi.
Jamoani munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz va talaba hamda bitiruvchilarning mamlakat innovatsion ekotizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan faxrlanamiz.
