Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Black Hat MEA CTF 2025 finalida!

IUT talabasi Oybek Abduqahhorov Saudiya Arabistoni kiberxavfsizlik, dasturlash va dronlar federatsiyasi (SAFCSP) bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Black Hat MEA CTF 2025 xalqaro kibermusobaqasining final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Oybek ChiLL Chain (O‘zbekiston) jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Final 2025-yil 2-4-dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Black Hat MEA konferensiya maydonida Jeopardy uslubidagi CTF formatida bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi final bosqichida dunyoning 125 ta eng kuchli jamoasi murakkab toifalarda bellashdi:
Web, Reverse Engineering, PWN, Cryptography and Forensics.
Biz talabamizning kiberxavfsizlik bo‘yicha dunyodagi eng yirik musobaqalardan birida ishtirok etganidan faxrlanamiz va Oybekka kasbiy o‘sishda yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀