Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Global UGRAD dasturi bo‘yicha grant yutib oldi

Talabamiz Mirshod Maxsudov kompyuter va dasturiy injiniring yo’nalishining 2-kursni tamomlab, Amerikada 1 semestr “Global Undergraduate Exchange Program” tahsil olish uchun yuz foizlik grant yutib oldi.
Mirshod Maxsudov bilan suhbatlashdik va u o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Global UGRAD (Global Undergraduate Exchange Program) – AQSh Davlat departamenti Madaniyat va ta’lim masalalari byurosi tomonidan o‘tkaziladigan Yevroosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro talabalar almashinuv dasturidir. Dastur 1-dan 3-kursgacha boʻlgan talabalarga bir akademik semestr davomida AQShda oʻqish imkoniyatini beradi, shu bilan birga tashkilotchilar talabalarning barcha mumkin boʻlgan harajatlarini (turar joy, parvozlar, oʻqish va h.k.) toʻliq qoplaydi, shuningdek,  talabaning xarajatlari uchun maʼlum miqdorda mablagʻ ajratadi.
“Men Janubiy Indiana (University of Southern Indiana) universitetida tahsil olaman, bu dastur haqida TShIUdagi do’stimdan eshitdim. Tanlov jarayonini 3 bosqichga bo’lish mumkin: 1) Hujjatlarni topshirish, 2) Suhbat 3) TOEFL imtihonidan o’tish.
Birinchi bosqichda talaba motivatsiya xati, tashkilotchilar tomonidan berilgan mavzular bo‘yicha insho, shuningdek, o‘z soham bo‘yicha professorning motivatsion xatini tayyorlash kerak. Bundan tashqari, agar talabaning boshqa sertifikatlari yoki loyihalari bo’lsa, ularni arizaga ilova qilishi zarur. Birinchi bosqichda siz o’zingizning muhitingizda yetakchi ekanligingizni ko’rsatishingiz, shuningdek, yaxshi akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishingiz kerak.
2-bosqich – vazirlik vakillari, UGRAD ishtirokchilari va AQSh Davlat departamenti vakillari bilan shaxsiy suhbat.
3-bosqichda siz kamida B1 darajasidagi TOEFL imtihonini topshirishingiz kerak. Imtihon xarajatlari ham AQSh elchixonasi tomonidan qoplanadi. Mumkin bo’lgan 120 balldan 102 ball oldim, bu C1 darajasiga teng”, – deydi Mirshod Maxsudov g’urur bilan.
19 avgustdan boshlab Mirshod Maxsudov AQSH madaniyati, odamlari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishishni, shuningdek, kelgusi semestr davomida jamoat tadbirlarida koʻngillilar sifatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. UGRAD dasturi talabalarga jamoat tadbirlarida ko‘ngilli sifatida qatnashish imkonini beradi.
“Dasturni tugatib, Oʻzbekistonga qaytganimdan soʻng, birinchi navbatda Toshkent shahridagi Inha universitetida oʻqishni davom ettirishim kerak, shuningdek, talaba almashinuvi jarayonida olgan bilimlarimni amaliyotda qoʻllashga harakat qilaman. Oʻzbekistonning IT-sohasida IT-xizmatlari eksportini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish rejalariga erishishga yordam beradi”, – deydi Mirshod Maxsudov.