Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Mirvohid Azimov Huawei ICT Competition 2025-2026 mintaqaviy bosqichida ishtirok etdi.

2025-yil 23-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU qoshidagi Huawei ICT Academy’da bo‘lib o‘tgan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Huawei ICT Competition 2025-2026 amaliy musobaqasining mintaqaviy bosqichida O‘zbekistondan to‘qqiz nafar talaba ishtirok etdi.
Tanlovda 14 mamlakatdan Huawei ICT Academy talabalari onlayn test va amaliy laboratoriya topshiriqlarini bajarib, ishtirok etishdi. O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchta jamoaga bo‘linib, Network, Computing va Cloud yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdilar.
Mirvohid Azimov va barcha ishtirokchilarga ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va kelgusi yutuqlarga ilhom tilaymiz!