Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha IV xalqaro olimpiadada ikkinchi o‘rinni egalladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Sarvar Bazarov moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha IV Xalqaro olimpiadada (Axborot xavfsizligi yo‘nalishida) dunyoning 36 davlatidan, jumladan, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Arabiston yarim orolidagi davlatlar va boshqa mamlakatlardan kelgan 500 dan ortiq ishtirokchilar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Biz Sarvar bilan juda faxrlanamiz  va kelajakda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!