Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabasi o‘z jamoasi bilan “Startup Battle 2023”da 1-o‘rinni egalladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti 3-kurs talabasi Aslxon Hoshimxudjaev o‘z jamoasi bilan «Startup Battle 2023» da qatnashdi va PointAI loyihasi bilan 1-o‘rinni egalladi 👏🏼. GPT tili modeliga asoslangan ushbu aqlli algoritm sun’iy intellektni qo’llab-quvvatlash xizmatini yaratadi. Ushbu loyiha tabiiy tilni tushunish va qayta ishlash orqali foydalanuvchilarning savollariga tez va aniq javoblarni taqdim etishga qodir.
PoinAI kompaniyalar mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish va kutish vaqtlarini qisqartirishga yordam beradi.
Jamoa Lissabondagi Web Summit ga yo’llama va C-Space CoWorking uchun 12.000.000 so’m bilan taqdirlandi.
Biz talabalarimiz bilan juda faxrlanamiz va g’alaba bilan tabriklaymiz!