31-mart kuni TATUda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va barcha tizimdagi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti xodim va talabalari Navro‘z bayrami mehmonlari uchun turli milliy taomlar va noz-ne’matlardan iborat bayram dasturxoni yozishdi.
