Toshkent shahridagi Inha universiteti va ASIA ALLIANCE BANK o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

7-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori B.Abdullayev va «ASIA ALLIANCE BANK» boshqaruvi raisi U.Abduazimov hamkorlik memorandumini imzoladilar.

      

Tomonlar bankka kirish sinovlari va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli talabalar uchun har yillik grant loyihasini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

▫️Memorandumning Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun ahamiyati

🔽Akademik imkoniyatlarni kengaytirish: talabalar amaliy loyihalarda qatnashish, amaliyot o‘tash va haqiqiy bank sektori uchun IT yechimlarini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🔽Iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash: qo‘shma stipendiya dasturini joriy etish va eng yaxshi talabalarni rag‘batlantirish.
🔽Zamonaviy infratuzilmani yaratish: universitetda ixtisoslashtirilgan raqamli laboratoriya ochish rejalashtirilmoqda.
🔽Qo‘shma tadbirlar: hakatonlar, treninglar, bank sohasi mutaxassislarining ma’ruzalari va mahorat darslari.

◽️ Ushbu hamkorlik IUTning O‘zbekistondagi yetakchi axborot texnologiyalari universiteti sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi, uni mamlakat iqtisodiyotiga uyg‘unlashtirib, bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltiradi.