Toshkent shahridagi Inha universiteti va Beeline kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev va Beeline kompaniyasi bosh direktori Andrey Pyatakin hamkorlik memorandumini imzolashdi.
Tomonlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar:
✅ Mamlakatning yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalaridan birida amaliyot o‘tashning noyob imkoniyatlari;
✅ IT va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalar va startaplar;
✅ Beeline ekspertlarining mehmon ma’ruzalari va mahorat darslari;
✅ Yuqori texnologiyalar sohasida yangi martaba imkoniyatlari.
Uchrashuv davomida Beeline kompaniyasi vakillari, shuningdek, Inha bitiruvchilariga, va kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ta’kidlab, ushbu sohada talab yuqori ekanligini qayd etdilar.