Toshkent shahridagi Inha universiteti va Certiport kompaniyasi memorandum imzoladilar

2023-yil 27-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va O‘zbekistondagi Certiport kompaniyasi direktori Mohammed Ghazanfer Ali bilan IT-loyihalarni boshqarishning zamonaviy va ommabop yo‘nalishlari, hukumat, tashkilotlar va TShIU korporativ hamkorlari uchun kichik biznes bo‘yicha qo‘shma kurslar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xususan, TShIU Certiport bilan birgalikda ko’plab mamlakatlarda tan olingan xalqaro sertifikatga ega kurslar tashkil etiladi. Microsoft, Cisco, Unity, Swift, Ec Council (kiberxavfsizlik), ICS3 (raqamli savodxonlik) va boshqalar shular jumlasidan.

Shartnoma doirasida O‘zbekistondagi Certiport kompaniyasi yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar o‘tkazish uchun o‘qituvchilar/murabbiylarni tayyorlash va keyinchalik sertifikatlashtirishni ta’minlashi ko’rsatib o’tilgan.