2022-yil 25-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Codecraft dasturlash o‘quv markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Codecraft o‘quv markazi direktori Saida Xalilova hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini muhokama qildilar, shuningdek, o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekiston viloyatlarida o‘qitishning qamrovi va darajasini oshirish bo‘yicha harakat rejalarini kelishib oldilar. Shuningdek, yaqin kunlarda Toshkent shahridagi Inha universitetida “Codecraft” o‘quv markazining ofisi ochilib, u yerda talabalar dars berishlari mumkin bo‘ladi.
