2022-yilning 22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Moosong LTC kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari «Moosong LTC» rasmiy veb-saytini ishlab chiqish va yuritish xizmatini ko’rsatadigan hamkorlik bo’yicha 100 000 000 so’mlik shartnomaga kelishib oldilar va imzoladilar.
Shuningdek, ushbu shartnomaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda BPO markazini rivojlantirish va o‘zbekistonlik IT-mutaxassislariga O‘zbekistondan xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini yaratishdan iborat.
