23-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Samarqand shahridagi «Polyglot Language School» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda hamkorlik yo‘nalishlari va ta’lim tashabbuslarini birgalikda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shartnomalar doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
– «Polyglot Language School» mutaxassislari ishtirokida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun mehmon ma’ruzalari va mahorat darslari o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni ilgari surish;
– konferensiyalar, seminarlar, treninglar tashkil etish hamda mintaqaviy va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish;
– ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar almashinuvidan foydalangan holda talabalar uchun “Problem-Based Learning” amaliyotini amalga oshirish;
– ta’lim tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish uchun «International Сoding Academy» dasturidan foydalanish.
Ta’kidlash joizki, hamkorlik talabalarning ta’lim olish imkoniyatlarini mustahkamlash va ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan.
