Toshkent shahridagi Inha universiteti va «SSP-Maroqand»o’zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.

 

 Toshkent shahridagi Inha universiteti v.v.b rektori Muzaffar Jalalov va «SSP-Maroqand» direktori Anvar Boboqulov o’zaro hamkorlikda  axborot texnologiyalari va ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi memorandumni imzoladilar. 
Tomonlar hamkorlikda loyihalar va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga, shuningdek, iqtidorli talabalarga ish o’rinlari bilan ta’minlash va amaliyotlarni o’tkazish joylarini ham  taqdim etadilar.
 Hamda «Maroqand Exchange» dasturi  doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari korxonalarga tashrif buyurib, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohasida o’z bilim va tajribalarini  orttirish imkoniga ega bo’ladilar. 

«SSP-MAROQAND» 2004-yil O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etilgan.
 «SSP-MAROQAND» faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini quyidagilar o’z ichiga oladi: 
– elektron to’lov xizmatlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek elektron tijoratni rivojlantirish; 
– dasturiy mahsulotlar va veb-yechimlarni ishlab chiqish. 
– veb-saytlarni, shuningdek ularning dasturiy va axborot ta’minotini yaratish; 
– O’zbekiston bozorida xorijiy kompaniyalarning mahsulotlari va xizmatlarini ilgari surishga ko’maklashish