Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi

2022-yil 14-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati Kimyo universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar qo‘shma hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Koreys tilining maxsus intensiv kursini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Toshkent shahridagi Inha universitetida joylashgan “King Sejong Institute” koreys tili markazi o‘qituvchilari Kimyo universiteti talabalari uchun kurslar olib boradi. Yiliga 200 ga yaqin kishi o’qitiladi.