Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent shahridagi Piza universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi

2022-yil 15-dekabr Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Toshkent shahridagi Piza universiteti ijrochi direktori Numonbek Dalimov o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarning Toshkent shahridagi Piza universitetida o‘qish yili davomida matematika va fizika fanlari bo‘yicha olgan bilimlarini monitoring qilish va xolis baholash bo‘yicha konsalting xizmatini ko‘rsatadi.