Toshkent shahridagi Inha universiteti Xitoyning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi prorektori xizmat safari bilan Xitoyda bo‘lib, Tongji universiteti, Nankai universiteti, Xidian universiteti kabi nufuzli universitetlar bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvlar davomida tomonlar quyidagi sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qildilar:
• Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari
• O‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari
• Qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish
• Qo‘shma konferensiyalar tashkil etish
• Qisqa muddatli dasturlar, shu jumladan yozgi maktablar
Ushbu tashabbuslar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va talabalarimiz hamda professor-o‘qituvchilarimiz uchun imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.