Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimi Faxriy yorliq bilan taqdirlandi

7-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi 7-may — «AKT xodimlari kuni» munosabati bilan xodimlarni tantanali taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi rahbari — Nailya Yermakova axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish va yuksaltirishga qo‘shgan muhim hissasi hamda samarali mehnati uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Faxriy yorliqni O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos shaxsan topshirdi.