Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari “Shon-sharaf” medali va diplom bilan taqdirlandilar

8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida 7-may “Aloqachilar kuni” munosabati bilan xodimlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Qabul bo‘limi boshlig‘i
Majidova Muslima va bosh yuridik maslahatchi Yo‘ldoshev Inomjon samarali mehnati hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivoji va yuksalishiga qo‘shgan hissasi uchun diplom va medal bilan taqdirlandilar. Mukofotlarni shaxsan O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov topshirdi.