Toshkent shahridagi Inha universitetida Akfa Classning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Universitet rektori v.b. Muzaffar Djalalov va Akfa bosh direktori Kamran Gulamov qizil lentani tantanali ravishda kesib, barcha mehmonlar va talabalarni taklif qildilar.
 
Akfa Classni tashkil etishdan maqsad talabalarni kompaniya bilan yaqindan tanishtirish, ularga amaliy bilimlarni olishda yordam berish, kelajakda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va O‘zbekistondagi inson resurslari darajasini oshirishdan iborat. Iqtidorli talabalar stipendiya va grantlar bilan mukofotlanadi, shuningdek startaplar qo‘llab-quvvatlanadi.
 
Ushbu Akfa Classda, Akfa bo‘limlari rahbarlaridan master-klasslar o‘tkaziladi, keyslar tahlil qilinadi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va loyihalar bo‘yicha javob va maslahat olishlari mumkin. Shuningdek, ochilish marosimi doirasida Akfa jamoasi uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi, unda Muzaffar Djalalov mehmonlarni talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.