14-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Avstraliyaning “SP Jain” global menejment biznes maktabi vakillari tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Texnologiyalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i, ma’lumotlar fanlari kafedrasi dotsenti va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchi doktor Anshul Gupta talabalar uchun generativ sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning o‘rganish tajribasini oshirish bo‘yicha interaktiv seminar o‘tkazdi.
Mahorat darsi davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt sohasidagi so‘nggi yo‘nalishlar va uning ta’limda qo‘llanilishi bilan tanishdilar. Doktor Gupta generativ modellar o’rganishni shaxsiylashtirishi, talabalarga murakkab muammolarni hal qilishda yordam berishi va kundalik o’quv vazifalarini tezlashtirishi mumkinligini ko’rsatdi.
Mahorat darsi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular faol savollar berib, ta’lim dasturlariga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.