Toshkent shahridagi Inha universitetida bepul o’qish mumkinligini bilasizmi?

Bugun sizlarni 2022-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetiga 100 ta davlat granti taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishga kirgan talaba qizlar bilan tanishtirmoqchimiz. Ularning barchasi 4 yil davomida mutlaqo bepul ta’lim olishdi. Qaysi mintaqada yashashingiz muhim emas, qanday bilimga ega ekanligingiz muhim. Motivatsiya, o’rganish istagi va sizning bilimingiz sizning orzularingiz va kelajakdagi kasbingizni amalga oshirish uchun zarur. Ushbu talabalar barcha abituriyentlar orasida eng yuqori ball to’plagan talabalardandir.

Iboxon Sherjonova, Xorazm viloyati. Toshkent shahridagi Inha Universiteti  1-kurs talabasi, SBL . 

Universitet haqida akademik litseyda o‘qigan paytlarim eshitgan edim. Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari litseyimizga kelib universitet haqida so‘zlab berishdi, shundan so‘ng menda katta qiziqish paydo bo‘ldi. 

Universitetga hujjat topshirganimda grant imtihonlari haqida batafsil ma’lumotga ega emas edim.  To’liq ma’lumotlarni bilganimdan so’ng grant asosidagi imtihonga tayyorlandim va 100 nafar stipendiya sohiblari qatoriga kirdim.

Men ushbu universitetda bilim olayotganimdan juda faxrlanaman. Chunki ta’lim tizimi juda yaxshi tuzilgan va o‘qituvchi-professorlar a’lo darajada dars berishadi. Shuning uchun men ushbu olayotgan bilimlarim bilan kelajakda nufuzli kompaniyalarda o‘z o‘rnimni topa olishimga ishonaman.

Men har bir abituriyentga Toshkent shahridagi INHA universitetini tavsiya qilaman, chunki bu universitetning har bir bitiruvchisi jadal rivojlanayotgan IT sohasining yetuk mutaxassisiga aylanishiga hech shubham yo’qdir.

 

Indira Bekturdiyeva, Qoraqalpog’iston Respublikasi. Toshkent shahridagi Inha Universiteti  1-kurs talabasi, SOCIE

Bizning hududimizda har bir talaba Inha universiteti haqida biladi. Universitet veb-saytini ko’p o’rgandim, ta’lim tizimi, yotoqxonaning mavjudligi, bitiruvchilarning muvaffaqiyati, shuningdek, ularning kelajakdagi ish faoliyati men uchun juda muhim edi. Universitet haqidagi reklama rolikini ko’rib, albatta shu yerda o’qishni xohlayotganimni angladim. Ustozlarim tanlovimni qo‘llab-quvvatladilar. Men ikki marta imtihon topshirdim, birinchi kirish va ikkinchisini grant asosidagi imtihon. Bu men uchun 4 yil davomida bepul o’qishim uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi. Men bu bilan albatta faxrlanaman.

Men IT sohasida rivojlanishni, barcha fanlarni o’rganishni va universitetimiz bizga beradigan barcha imkoniyatlarni qo’lga kiritishni rejalashtirganman.

Abituriyentlarga maslahatim:

Qattiq o’qing, bilimingizga shubha qilmang. Hatto eng yaxshi universitetlarda ham bepul o’qish mumkin.

Zebiniso Karimova, Toshkent shahridagi Inha Universiteti  1-kurs talabasi, Toshkent shahri.

Universitet haqida anchadan beri bilar edim, lekin biznes va logistika fakulteti borligini bilmas edim. Do’stlarim menga bu haqda aytib berishdi va ushbu Universitetni tavsiya qilishdi. Toshkent shahridagi Inha Universitetiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, so’ngra grantga hujjat topshirdim. Grant asosidagi imtihon kirish imtihonlaridan juda ham qiyin bo’ldi deb hisoblamayman, shunchaki  ular koʻproq mavzularni qamrab olgan edi deb o’ylayman.

Toshkent shahridagi Inha Universitetiga o‘qishga kirish va bepul o‘qish imkoniyatini bugungi kundagi asosiy yutuqlarimdan biri deb bilaman. Hozirgi kunda esa universitetni muvaffaqiyatli tugatishga e’tibor qaratmoqdaman.

Abituriyentlarga maslahatim:

O’z ustingizda ishlang va hech narsa amalga oshmaydi deb o’ylamang. Universitetda shunchaki o’qish uchun emas, balki  kelajakda sizga foydali bo’ladigan bilimlarni egallash uchun harakat qiling. Bunda imkonsiz narsa yo’q. Men buni uddaladim va men ishonaman sizning ham qo’lingizda keladi. Barchangizga muvaffaqiyatlar tilab qolaman!

Farangis O‘ktamjonova, Toshkent shahri, Toshkent shahridagi Inha Universiteti 1-kurs talabasi, SOCIE. 

Qaysi universitetga kirishimni sinchiklab tahlil qildim, uzoq o’ylandim, shundan so’ng mening o‘qituvchim Toshkent shahridagi Inha universitetiga hujjat topshirishimni tavsiya qildilar. Men universitet haqida ma’lumotlarni o’rganishni boshladim, o’qish imkoniyatlari, o’qish davomida katta natijalarga erishgan talabalar bilan tanishdim. Men Toshkent shahridagi Inha Universitetiga kirishni va IT sohasida rivojlanishni xohlayotganimni anglab, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun yanada qattiqroq o’qishni boshladim.

Avvaliga shartnoma asosida o’qishga kirdim, 2-3 oydan so’ng bizga ajoyib yangilik, grant asosidagi imtihon bo’lishini aytishdi va men ushbu imkoniyatdan foydalanishga qaror qildim. Imtihon qiyin edi, ammo qiziqarli bo’ldi va imtihonni Koreyadan kelgan INHA universiteti vakillari o’tkazdilar.

Hozir men universitetimdagi har kunimdan zavqlanaman, barcha tadbirlarda qatnashaman, talabalik hayotim haqiqatan ham juda faol o’tmoqda. Men turli hakatonlar, tanlovlarda yanada faol qatnashishni va Koreyadagi INHA universiteti yozgi maktabida ishtirok etishni rejalashtirmoqdaman.

Abituriyentlarga maslahatim:

Kelajagingizni hozirdan rejalashtiring va universitet tanlash jarayoniga jiddiy yondashing. Esingizda bo’lsin, siz 4 yil davomida oliy o’quv yurtida tahsil olasiz, bu muhim qadamdir. Men Toshkent shahridagi Inha Universitetini tanladim va men uchun bu barcha maqsadlarimga erishish uchun bevosita imkoniyat deb hisoblayman.