2024-yil 6-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 1-bosqichga o’qishga kirgan talabalar uchun konsultatsiya kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida talabalar o‘quv xonalariga tashrif buyurishdi, bir-birlari va universitet ma’muriyati bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbirni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov tantanali ravishda ochib, ularni muvaffaqiyatli o‘qishga kirganliklari bilan tabrikladi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Soobong Shin va yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Turdimurod Tursunmuratov ham tabrik so‘zlari bilan chiqishdi. Tadbir doirasidagi taqdimotlar orqali 1-kurs talabalari o‘quv yilining kalendari, universitetning tashkiliy-ma’muriy tuzilmasi, Talabalar ittifoqi va Yoshlar ittifoqi bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar.
Konsultatsiya kuni o’quv binosi bo’yicha ekskursiya bilan yakunlandi.