2025-yil 28-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida IUT 2025 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Inha universitetida «O‘zbekiston mintaqaviy logistika xabi sifatida: 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyalar, hamkorlik va infratuzilma» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat idoralari vakillari, O‘zbekiston va Koreya Respublikasining yetakchi ekspertlari, tadbirkorlar va olimlar ishtirok etdi, bu transport va logistika sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
📌 Konferensiyaning asosiy maqsadlari:
– O‘zbekistonning transport va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish strategiyalarini muhokama etish,
– Koreya hamkorlari bilan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash,
– mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi uchun innovatsion yechimlarni joriy etish.
📍Ochilish marosimida ishtirok etdilar:
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri — Sherzod Shermatov,
Inha universiteti (Koreya) prezidenti — Meng Vu Cho,
Toshkentdagi Inxa universiteti rektori — Bobur Abdullayev,
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari.